YouTube rahbari: "Ukrainadagi mojaroda ma’lumotlar katta rol o‘ynaydi"

YouTube rahbari: "Ukrainadagi mojaroda ma’lumotlar katta rol o‘ynaydi"

Axborot Ukrainadagi mojaroda asosiy rol o‘ynaydi va undan qurol sifatida foydalanish mumkin, dedi YouTube bosh direktori Syuzen Vodjiski Davos iqtisodiy forumida.

“Biz bu mojaroda ma’lumot asosiy rol o‘ynashini va qurol sifatida foydalanish mumkinligini haqiqatdan ham ko‘ramiz”, dedi Vodjiski.

Kompaniyaning Rossiyadagi faoliyatini davom ettirish istiqbollarini sharhlar ekan, u YouTube mamlakatda o‘z o‘rnini saqlab kelayotganini, biroq ayni paytda “bir qator jiddiy qarorlar”, jumladan, Rossiya davlati tomonidan moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalariga kirishni cheklash bo‘yicha ham qabul qilinganini ta’kidladi.

“Biz Rossiyada mustaqil yangiliklarni yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlaymiz, shunda o‘rtacha rossiyalik fuqaro Davosdagi kabi ma’lumotlardan bepul foydalanishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Vodjiski forum ishtirokchilariga murojaat qilib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!