Yaponlar O‘zbekistondagi yo‘l belgilar uchun maxsus bo‘yoq ishlab chiqishdi

Yaponlar O‘zbekistondagi yo‘l belgilar uchun maxsus bo‘yoq ishlab chiqishdi

Toshkent shahar hokimligida Atomix, Mitsui &Co., Ltd. va Mitsui Bussan Chemicals kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, taraflar o‘zaro hamkorlik, xususan, avtomobil yo‘llari yuzasiga belgi tushirish uchun qo‘llaniluvchi ilg‘or vositalarni ishlab chiqarish bo‘yicha yapon kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan loyiha istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoitini inobatga olgan holda, Jahg‘ongir Ortiqxo‘jayev yuqori sifatli bo‘yoqlarni ishlab chiqish va kelgusida ularning Toshkentda ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratdi.

O‘z navbatida, Atomix kompaniyasining marketing va sotuvlar bo‘yicha bosh menedjeri Xideki Oda o‘tgan yili yo‘l qoplamasiga tushiriladigan belgilar uchun bo‘yoqlarni sinovdan o‘tkazganda, O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqib, maxsus formulali bo‘yoqlarni ishlab chiqish zaruriyati aniqlanganligini ta’kidladi.

“Yaponiyaga qaytib, biz mintaqangiz xususiyatidan kelib chiqqan holda uchta yangi formula ishlab chiqdik. Ayni vaqtda shulardan eng samaralisini sifatli va chidamli mahsulot olish uchun qo‘llamoqchimiz”, - dedi mutaxassis.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!