Yaponiyada parranda grippining yana yangi o‘chog‘i aniqlandi

Yaponiyada parranda grippining yana yangi o‘chog‘i aniqlandi

Yaponiyaning Miyazaki prefekturasida yuqori patogenli H5N8 parranda grippining yana yangi o‘chog‘i haqida xabar berildi.

“Kyodo” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik markazi 36 ming broyler tovuqlar saqlanadigan fermada aniqlangan.

Shu bilan birga, infeksiya episentridan 10 km radiusda yana 4,4 million tovuq boqiladigan 94 ta xo‘jalik joylashganligi ta’kidlanmoqda.

Virusga chalingan qancha qush aniqlanganligi va natijada qancha broylerlar yo‘q qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq ham ushbu prefekturada H5N8 o‘chog‘i aniqlanib, 70 ming parranda yo‘q qilingan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!