Yaponiyada ikki mahbus qatl etildi

Yaponiyada ikki mahbus qatl etildi

Yaponiyada ikki shaxsga nisbatan o‘lim jazosi ijro etildi, deyiladi Kiodo agentligi xabarida.

O‘zA da qayd etilishicha, qatl etilganlar nomi e’lon qilinmagan. Yaponiya adliya vaziri Takasi Yamasiti buyrug‘i asosida payshanba tongida o‘lim jazosi ijro etilgan.

Ria novostining aniqlik kiritishicha, Kunchiqar mamlakatda oliy jazo so‘nggi bor shu yilning iyul oyida Aum Sinrikyo sektasining sobiq olti yetakchisiga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lgan. Hozirda esa Yaponiyada o‘lim jazosiga hukm qilingan yuzdan ziyod mahbus bor. Ular hukm ijrosini yillab kutishlari mumkin. Chunki, qatl haqida oldindan xabar berilmaydi.

Inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar Yaponiyani o‘lim jazosini bekor qilishga chaqirib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!