Xorazmda pora bilan ushlangan mahalla raisi deputatlar iltimosiga ko‘ra sud zalidan ozod qilindi

Xorazmda pora bilan ushlangan mahalla raisi deputatlar iltimosiga ko‘ra sud zalidan ozod qilindi

Sudda sobiq mahalla raisi o‘z aybiga to‘la iqrorlik va pushaymonlik bildirib, ehtiyot chorasida sifatida qamoqda saqlangan paytida o‘zining xatti-harakatlari noto‘g‘ri bo‘lganini chuqur anglab yetganini bayon qilgan.

Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish, firibgarlik) 3-qismi «v» bandi va 28, 211-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari, pora berish) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilgan. T.X.ga nisbatan jazo tayinlashda oilaviy ahvoli, qaramog‘ida 4 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligi, mahalla faollari va keksalarning kafolat xatlari hamda Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlarining iltimosnomasi e’tiborga olinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, sud zalidan ozod qilingan.

Avvalroq Xorazmda «bola puli» tayinlash evaziga 400 ming so‘m talab qilgan mahalla raisi qo‘lga olingani, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!