Xorazmda ayol qo‘shnisiga yordam bermoqchi bo‘lgan yigit qotilga aylandi

Xorazmda ayol qo‘shnisiga yordam bermoqchi bo‘lgan yigit qotilga aylandi

2019 yil 1 iyul kuni soat 01:30larda Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida yashovchi 41 yoshli D.R. ismli ayol uyida yordam so‘rab baqirganida qo‘shnisi, 21 yoshli M.R. yordamga chiqqan vaqtida uyi oldidan mahalladoshi 44 yoshli SH.M. yugirib ketayotganligini ko‘rib, uning ortidan quvgan va oyog‘i bilan chalib yiqitib, boshiga tepgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, SH.M. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.R. ushlangan. Tergov harakatlari  olib borilmoqda. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!