Xorazm guruchi va qazi: Tojikiston nashri o‘zbek palovi haqida videolavha tayyorladi (video)

Xorazm guruchi va qazi: Tojikiston nashri o‘zbek palovi haqida videolavha tayyorladi (video)

Tojikistonning Asia-Plus nashri «Salom, qo‘shnilar!» loyihasi doirasida Toshkent oshi haqida videolavha tayyorladi. Lavha Toshkentdagi O‘rta Osiyo osh markazida olingan. Bu yerga har kuni kamida 3000 kishi osh yeyishga kiradi.

«Eng mazali o‘zbek palovining siri shundan iboratki, bu yerda oshga sara Xorazm guruchi, «mushak» navidagi sariq sabzi va noyob «jaydari» zotli qo‘y go‘shti solinadi. Shuningdek, Chelakdan keltiriladigan Samarqand mayizi hamda osh bezaladigan qaynatilgan tuxum va qazi ovqatga tansiq ta’m beradi», — deyiladi maqolada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!