Xivada “Markaziy Osiyo – Xitoy” iqtidorlar forumi o‘tkazildi

Xivada “Markaziy Osiyo – Xitoy” iqtidorlar forumi o‘tkazildi

“Butunjahon yoshlar festivali – 2024” doirasida Xiva shahrida “Markaziy Osiyo – Xitoy” iqtidorlar forumi o‘tkazildi.

Tadbirga Markaziy Osiyo va Xitoydan yosh tadqiqotchi olimlar, Osiyo mamlakatlarining eng faol yoshlari tashrif buyurib, o‘zaro tajriba almashdi, O‘zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Forum doirasida Innovasiyalar milliy ofisi tomonidan “Barqaror rivojlanish va atrof-muhit innovasiyalari” mavzusida panel muhokamasi o‘tkazildi. Ushbu panel muhokamasi barqaror rivojlanish va ekologik innovasiyalar o‘rtasidagi muhim munosabatlarni o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Festival ishtirokchilari uchun Xiva shahridagi “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi bo‘ylab sayohat tashkil qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!