Xitoyda shaxtada portlash. To‘rt kishi halok bo‘ldi

Xitoyda shaxtada portlash. To‘rt kishi halok bo‘ldi

Seshanba kuni Xitoy shimolida Shansi provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi va yana bir kishi jarohat oldi.

Xabar berishlaricha, portlash Lu'an Group kompaniyasiga tegishli ob’ekt hududida mahalliy vaqt bilan soat 02:00da sodir bo‘lgan. Rasmiylarga ko‘ra, voqeaga gazning portlashi sabab bo‘lgan.

Konda qutqaruv ishlari yakunlandi. Jabrlanuvchi kasalxonada. Hodisaning holati aniqlanmoqda, tergov ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!