Xitoy dunyodagi eng kuchli dengiz qurolini sinovdan o‘tkazdi

Xitoy dunyodagi eng kuchli dengiz qurolini sinovdan o‘tkazdi

Xitoy dunyodagi eng kuchli dengiz qurolini sinovdan o‘tkazdi. Bu qurol 2020-yillar o‘rtalarida qurollanishda paydo bo‘lishi mumkin.

CNBC telekanalining ma’lum qilishicha, gap xitoyliklar birinchi marta harbiy kemaga o‘rnatgan relsotron haqida bormoqda. Porox o‘rniga elektr magnit energiyani qo‘llovchi yangi qurol yaxshi natijalar ko‘rsatgan. Sinovlar 2023 yilda yakunlanishi kutilmoqda.

Xitoy relsotronidan otilgan snaryad soniyasiga 2,5 km tezlik bilan uchib, 200 km uzoqlikda joylashgan ob’ektni nishonga olishi mumkin. Ma’lum qilinishicha, Vashingtonda joylashgan bunday relsotron zambaragidan otilgan snaryad Filadelfiyaga 90 soniyadan kamroq vaqt ichida yetib boradi.

Ta’kidlanishicha, amerikaliklar ham shunday qurol ustida ish olib borishmoqda, biroq xitoylik hamkasblaridan ancha ortda qolganlar.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!