Xiaomi’ning navbatdagi – yoshlarbop Mi 8 Youth Edition flagmani: Snapdragon 710 chipli va 8/128 GB xotirali!

Xiaomi’ning navbatdagi – yoshlarbop Mi 8 Youth Edition flagmani: Snapdragon 710 chipli va 8/128 GB xotirali!

«Xitoycha Apple» joriy yilning 31 may kuni o‘zining yubiley flagmani – Mi 8, shuningdek uning «inisi» – Mi 8 SE hamda «akasi» – Mi 8 EE talqinlarini ham namoyish etgandi. Yaqinda esa mazkur turkumda yana bitta – kuchaytirilgan versiyasini ham tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Xorijiy nashrlar tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Mi 8X modelidan tashqari, Xiaomi yubiley flagmanining yoshlarga mo‘ljallangan – Mi 8 Youth Edition modifikasiyasini ham taqdim etmoqchi.

Aytish kerakki, standart Mi 8 flagmani Qualcomm Snapdragon 845 prosessori bazasida ishlaydi. Ushbu chip maksimal 2,8 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkizta Kryo 385 yadrosini, Adreno 630 grafik tezlatgichi hamda Snapdragon X20 LTE modemini o‘z ichiga olgan. Mazkur smartfonning tezkor xotirasi hajmi 6 gigabaytga teng.

Xiaomi tayyorlayotgan Mi 8 Youth Edition modelida esa tezkor xotira 8 gigabayt bo‘lishini aytishmoqda; ayni damda eng ilg‘or Mi 8 Explorer Edition modifikasiyasi shunday xotiraga ega.

Manba: terbayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!