Vyetnam: Kuchli jazirama fermerlarning ishlashini qiyinlashtirmoqda

Vyetnam: Kuchli jazirama fermerlarning ishlashini qiyinlashtirmoqda

Vyetnamdagi kuchli jazirama mahalliy fermerlarning ishiga to‘sqinlik qilmoqda. G‘ayritabiiy harorat tufayli odamlar faqat kechqurun guruch ekishmoqda, deb xabar beradi mahalliy OAV.

Iyun oyining boshidan qayd etilayotgan issiq havo harorati kamdan-kam hollarda 40 darajadan pastga tushmoqda. Fermerlarning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda dalalardagi ishlar kechasi birdan, hatto ikkitadan boshlanmoqda.

Aytishlaricha, aynan shu paytda havo harorati ish uchun qulay bo‘lib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Vyetnamda rekord darajadagi harorat o‘tgan yili qayd etilgan. O‘shanda Xachin viloyatida termometr deyarli 44,5 darajaga yetgan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!