Vengriya Xitoyning Ukrainaga nisbatan tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi

Vengriya Xitoyning Ukrainaga nisbatan tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatladi

Vengriya Xitoyning Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu haqda Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyarto ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada tinchlikka erishish uchun barcha qadamlarni qo‘llab-quvvatlash zarur. Vazir Pekinda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuvdan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi videomurojaatida shunday dedi:

“Biz Xitoyning tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatlaymiz, chunki u mavjud. Vengriya va Xitoy dunyo siyosiy bloklarga bo‘linib ketmasligi uchun Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish masalasini xalqaro tashkilotlar kun tartibiga qo‘yadi. Biroq, hozircha urush davom etishini qo‘llab-quvvatlayotganlarning ovozi tinchlikka chaqiruvchilarnikidan balandroq".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!