«Vatanparvar» tashkiloti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi

«Vatanparvar» tashkiloti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

yoshlar va fuqarolarni ma’naviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ongiga vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, mehnatga mas’uliyatli munosabat, harbiy xizmatga hurmat tuyg‘ularini singdirish;

sportning texnik va amaliy turlari rivojlantirilishi va ommalashtirilishini ta’minlash, sport tashkilotlari va jamoalari faoliyatiga ko‘maklashish;

bolalar, o‘smirlar va chaqiruvgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida ommaviy sport ishlarini tashkil etish va o‘tkazish;

yoshlar va fuqarolarni mudofaa sohasidagi boshlang‘ich bilimlarga o‘qitishda va ularni harbiy xizmatga tayyorlashda davlat hokimiyati organlariga ko‘maklashish;

avtomototransport vositalari haydovchilarini, shuningdek, ommaviy texnik kasblar mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

shunday yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilish.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–3898-son qarori bilan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy komissiyalari zimmasiga:

“Vatanparvar” MKTga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda unga yaqindan ko‘maklashish;

yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni tashkil etish, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar samaradorligini o‘rganish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish majburiyati yuklandi.

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!