“Vatan Qalqoni” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi

“Vatan Qalqoni” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi

Toshkentdagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida oliy harbiy o‘quv muassasalari bitiruvchilari ishtirokida “Vatan Qalqoni” harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi boshlandi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash,chidamlilikni rivojlantirish va kuch tuzilmalari vakillarini birlashtirish maqsadida tashkil etildi.

Musobaqa ishtirokchilari 3 km. masofada o‘zaro raqobatlashmoqda.

Shuningdek, bugun mamlakatimizning 16 ta shahrida Xalqaro olimpiya kuni, Bolalarni himoya qilish kuni va Yoshlar kuniga bag‘ishlangan BYD “Yangi Nafas” an’anaviy ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tayotir.

O‘zbekiston Sport, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Kasaba uyushmalari federasiyasi, “O‘zbekneftgaz” AJ hamda O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan BYD “Yangi Nafas” va “Vatan Qalqoni” ommaviy yugurish musobaqalarida maktab o‘quvchilari, talabalar, sayyohlar, tadbirkorlik va davlat tuzilmalari vakillari, harbiy xizmatchilar, jamoat arboblaridan iborat 60 mingga yaqin kishi ishtirok etayapti.

Ma’lumot o‘rnida: Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nurafshon, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Qarshi, Buxoro, Qorovulbozor, G‘uzor, Urganch va Nukus shaharlarining markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tayotgan an’anaviy ommaviy yugurish musobaqasi masofasi ham 3 kilometrni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!