Marin Le Pen parlament uchun saylovlar birinchi turining dastlabki natijalarini "demokratiya g‘alabasi" deb atadi

Marin Le Pen parlament uchun saylovlar birinchi turining dastlabki natijalarini "demokratiya g‘alabasi" deb atadi

“Milliy birlik” partiyasining yetakchisi Marin Le Pen parlament uchun saylovlar birinchi turining dastlabki natijalarini "demokratiya g‘alabasi" deb atadi va siyosiy partiyalarni u bilan koalisiya tuzishga chaqirdi.

O‘z navbatida Emmanuel Makron va so‘l kuchlar yetakchisi Jan-Lyuk Melenshon boshqa siyosiy kuchlarni “Milliy birlik” partiyasining foydasi uchun birorta ham ovozdan voz kechmaslikka chaqirishdi. Melenshon, shuningdek, so‘l partiya agar bu Makron koalisiyasining ovozlarini ko‘paytirishga yordam bersa, ikkinchi turda o‘z nomzodlarini saylovdan olib tashlashga tayyorligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!