Pokistonda joriy issiqliklardan 600 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

A A A
Pokistonda joriy issiqliklardan 600 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Iqtisodiyoti og‘ir va issiqlik to‘lqinlarida muttasil energetik yetishmovchilikka uchrayotgan Pokiston uchun joriy davomli issiqlik to‘lqinlari og‘ir kechmoqda.

Issiqlik omillarini organizmga salbiy oqibatlarini kamaytirishda na hukumat va na aholida yetarli bilim, ko‘nikmalarning yo‘qligi, uning ustiga energetik muammolar fonida oftob urishi va issiq nam havodan kuchli dimiqish hodisasiga uchrayotgan pokistonliklar ko‘plab yaqinlarini yo‘qotmoqdalar.

Bu kabi issiqlik muhitiga yaqin haroratlar kuzatilayotgan arab mamlakatlari va fors mamlakati Eronda esa aynan issiq urishidan halok bo‘layoganlar soni sezilarli kam. Ular bunga erta ogohlantirish tizimlari, aholi ongini oshirish va barqaror energetika orqali erishmoqda.

Barqaror energetik tarmoq — turli iqlimiy ofatlarda aholi o‘limi bilan bog‘liq xavfni kamaytirishini bizni mas’ullar ham tushunib yetishi kerak. Yaqin yillarda bizning yozlar ham xafsalani pir qiladigan issiqlik iskanjasida qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!