“Vaqf” fondi Islom banki bilan hamkorlik qiladi

“Vaqf” fondi Islom banki bilan hamkorlik qiladi

taraqqiyot bankining islomiy moliyalashtirish bo‘yicha departament direktori Vosim Abdulvahhob boshchiligidagi delegasiya Diniy idorada tashrif buyurdi.

Vosim Abdulvahhob “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov bilan muloqot o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Fond matbuot xizmati.

Mehmonlarga “Vaqf” fondi tashkil etilishi, maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan xayriya tadbirlari hamda tashkiliy ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

V.Abdulvahhob janoblari “Vaqf” fondi tomonidan olib borilayotgan ishlarga katta baho berib, O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirish va “Vaqf” qonunchiligini ishlab chiqishga yaqindan ko‘mak berishlarini alohida qayd etdi.

Islom taraqqiyot banki vakillari, yurtimizdagi bank va moliya mutaxassislari, “Vaqf” fondi rahbarlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mana shunday amaliy hamkorlik ishlari, albatta, o‘zining ijobiy samarasini beradi, deya aytilgan xabarda.
Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!