Uzun tumanida bir guruhga birlashgan bezorilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Uzun tumanida bir guruhga birlashgan bezorilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Uzun tumanida 2021 yil 31 iyul kuni soat 22:30larda Sariosiyo tumanida yashovchi fuqarolar A.Odiljon, SH.Daler, B.Shaxzod, N.Asqar va R.Shaxbozlar bezorilik qilish maqsadida bir guruhga birlashib, jamoat joyi bo‘lib hisoblangan Uzun tumani “O‘zbekiston” mahallasi “O‘zbekiston” ko‘chasida joylashgan chorraha yonida tumanning “Navro‘z” mahallasida yashovchi voyaga yetmagan R.Sunnatullo bilan hech bir sababsiz jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, atrofida fuqarolar ko‘p bo‘lishiga qaramasdan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qilayotganliklarini anglagan holda, voyaga yetmagan R.Sunnatulloni urib-do‘pposlayotgan vaqtida, shu yaqin o‘rtada jamoat tartibini saqlash uchun xizmatga jalb qilingan Uzun tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlarining bir necha bor ogohlantirishlariga qaramasdan, o‘zlarining bezorilik hatti-harakatlarini to‘xtatmasdan, jamoat tartibini saqlashga va janjalni bartaraf etishga uringan tuman IIBning 2 nafar xodimi S.M. hamda S.Q.larga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga bezorilik natijasida qasddan tan jarohati yetkazishgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ichki ishlar organi xodimi S.M.ning badanida tan jarohati og‘irlik darajasiga ko‘ra “Sog‘ligining buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil” tan jarohatlari ekanligi, shuningdek, ichki ishlar organi xodimi S.Q. hamda voyaga yetmagan R.Sunnatulloning badanida “Engil” tan jarohatlari ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.Odiljon, SH.Daler, B.Shaxzod, N.Asqar va R.Shaxboz va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!