Superliga. "Olimpik" ishtirokidagi o‘yin qoldirildi, "Paxtakor"ning o‘yin sanasi o‘zgardi

Superliga. "Olimpik" ishtirokidagi o‘yin qoldirildi, "Paxtakor"ning o‘yin sanasi o‘zgardi

Ayni vaqtda U23 O‘zbekiston terma jamoasi Qatarda bo‘lib turibdi. Ertaga — 3 may kuni jamoamiz U23 Osiyo kubogining final uchrashuvida Yaponiyaga qarshi saf tortadi.

Mazkur bellashuv oldidan Temur Kapadze Superliga 6-turidan o‘rin olgan Dinamo‘ga qarshi bellashuvni qoldirishni so‘radi. Terma jamoa a’zolari 4 may kuni tongda Toshkentga etib keladi. Liga termamizning ehtimoliy finalda to‘p surishini inobatga olib, Olimpik ishtirokidagi bellashuvni turning eng so‘nggi kuni — 7 mayga belgilagan edi. Shunday bo‘lsa-da, mavjud holat inobatga olinib, Liga Kapadzening taklifini bu safar ham qanoatlantirishga qaror qildi.

Shuningdek, 7 may kungi 1 ta o‘yin qoldirilganidan kelib chiqib, o‘sha uchrashuv uchun rejalashtirilgan texnika bilan Paxtakor — Metallurg uchrashuvi o‘tkazilishi yuzasidan kelishildi. Ya’ni, Paxtakor ishtirokidagi o‘yin 6 may sanasidan 7 mayga ko‘chirildi.

Ma’lumot uchun, U23 O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogiga jo‘nab ketishi oldidan Superliga 5-turidan o‘rin olgan uch uchrashuv: Nasaf — Navbahor, Neftchi — Paxtakor, Metallurg — Olimpik bellashuvlari ham qoldirilgandi. Endilikda qoldirilgan bellashuvlar soni 4 tani tashkil etmoqda. Ularning qachon o‘tkazilishi keyinroq ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!