O‘ziga xos final: Baydenning qasamyodi kuni Tramp nimani rejalashtirmoqda?

O‘ziga xos final: Baydenning qasamyodi kuni Tramp nimani rejalashtirmoqda?

AQSh prezidenti Donald Tramp 20 noyabr kuni saylangan prezident Jo Baydenning inaugurasiyasi kuni Oq uydan vertolyotda uchib, o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvga borishi mumkin. Bu haqda Axios yozmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Tramp "filmlardagi kabi katta final" ni rejalashtirmoqda. Oq uydan chiqib ketgach, u Air Force One samolyotiga o‘tirib, Florida tomon o‘z tarafdorlari mitingiga uchishi kerak. Ta’kidlanganidek, ushbu mitingda u yana 2024 yilda AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yish niyatini e’lon qilishi mumkin.

Manbaning ta’kidlashicha, agar Tramp ushbu rejani amalga oshirsa, bu unga Bayden bilan yoqimsiz voqealardan saqlanishiga va raqibi qasamyod qabul qilish paytida Oq uyda qolishiga imkon beradi.

Trampning shtab-kvartirasi bu borada izoh berishdan bosh tortdi. Oq uy matbuot kotibi Judd Dirning aytishicha, manbalar prezident "nimani o‘ylayotgani yoki o‘ylamaganligi" haqida "tasavvurga ega emaslar".

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp prezidentlik saylovlari natijalariga hali ham qarshi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!