O‘zbekistonning demografik holati: Tug‘ilish ko‘payganmi o‘limmi?

O‘zbekistonning demografik holati: Tug‘ilish ko‘payganmi o‘limmi?
O‘zbekiston respublikasi davlat statistika qo‘mitasi respublikamizning demografik xolati yuzasidan navbatdagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra 2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida 553,4 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffisiyenti 22,5 promilleni tashkil etdi hamda 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,8 promillega oshdi (2017 yilning yanvar-sentabr oylarida 21,7 promille bo‘lgan).
 
Vafot etganlar. 2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida 112,6 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffisiyenti 4,6 promilleni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaygan (2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida 4,8 promille bo‘lgan).
 
2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida qayd etilgan vafot etganlarning 60,7 foizi - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,5 % - o‘simtalardan, 6,3 % - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,5% - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,1 % - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,5 % - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,4 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan. 
 
Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 5,6 ming nafarni tashkil etdi. Ularning 60,8 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 16,6 % - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 11,7 % - tug‘ma anomaliyalardan, 2,2 % - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,2 % - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,8 % - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 5,7 % - boshqa kasalliklardan vafot etgan. 
 
2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida aholining tabiiy o‘sishi 440,8 ming kishini tashkil etib, 2017 yil mos davriga nisbatan 34,0 ming kishiga (2017 yilning yanvar-sentabr oylarida 406,8 ming kishi bo‘lgan) o‘sgan.
 
Manba: uza.uz
 
 

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!