O‘zbekistonlik 2 talaba Janubiy Koreyada qo‘lga olindi: ular velosipedlarni nega o‘g‘irlashgandi?

O‘zbekistonlik 2 talaba Janubiy Koreyada qo‘lga olindi: ular velosipedlarni nega o‘g‘irlashgandi?

Janubiy Koreya polisiyasi velosipedlarni o‘g‘irlab, o‘z davlatiga eksport qilmoqchi bo‘lgan chet ellik talabalarni qo‘lga oldi. Bu haqida Yonhap yangiliklar agentligi xabar bermoqda

Chonjudagi polisiyasi bo‘linmasi 19 iyulida 29 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi va 23 yoshdagi 2 nafar o‘zbekistonlik talaba ikki-uch hafta davomida 34 ta velosipedni o‘g‘irlaganini ma’lum qildi.  

Polisiya xodimlarining xabar berishicha, ular shahardagi ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalar oldida joylashtirilgan velosipedlarni o‘g‘irlashgan va ularni tashish uchun maxsus yuk mashinasidan foydalanishgan.

Birinchi navbatda polisiya xodimlari jabrlanuvchilarning arizasi asosida tergovni boshlab, kuzatuv kameralari (CCTV) orqali voqeani tahlil qilishgan. Qirg‘iziston fuqarosi velosipedlarni o‘z mamlakatiga eksport qilmoqchi bo‘lganligini tan oldi. 

Ayni damda polisiya o‘g‘irlangan barcha velosipedlarni qidirishda va bu ishga aloqador shaxslarni qo‘lga olishda davom etmoqda. 

“Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy Koreyada yashaydigan hamyurtlarimiz orasida katta muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Ko‘plab yurtdoshlarimiz bunday uyatli holat Koreyada ko‘p takrorlanishini afsus bilan tan olishgan bo‘lsa, yana aksariyat o‘zbeklar bu kabi xunuk ishlarni amalga oshirgan fuqarolar millatimiz sha’niga dog‘ tushirayotganini qayd etgan. Shuningdek, ko‘pchilik Janubiy Koreya eng xavfsiz davlatlardan biri ekanligi, u yerda kuzatuv kameralari tun-u kun ishlashini ma’lum qilgan”, — deb yozmoqda Kun.uz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!