O‘zbekistonga bir guruh rossiyalik tibbiyot xodimlari keldi

O‘zbekistonga bir guruh rossiyalik tibbiyot xodimlari keldi

Fuqarolarni O‘zbekiston hududida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish uchun tibbiy asbob-uskunalar bilan Rossiyaning 40 nafar tibbiyot xodimlari O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.
Sentyabr oyida Rossiya tomoni bilan o‘n ming fuqaroni yaqin vaqt davomida soddalashtirilgan tartib asosida O‘zbekistondan Rossiyaga ishga jalb qilishga kelishilgan edi.
Ushbu loyiha doirasida nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bog‘liq, jumladan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.
“Endilikda Rossiya hududida ishlash huquqini beruvchi patent olishda talab etiladigan tibbiy ko‘rik Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkentda o‘rnatilgan tibbiy asbob-uskunalar yordamida yurtimizda amalga oshiriladi”, - deyilgan xabarda.
Agentlik bu fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib, ularning vaqti va xarajatlari qisqarishiga xizmat qilishini qo‘shimcha qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!