O‘zbekistondan Fransiyaga avia parvozlar soni ko‘paydi

O‘zbekistondan Fransiyaga avia parvozlar soni ko‘paydi

“O‘zbekiston havo yo‘llari" 2018 yil 30 oktyabrdan Toshkent-Parij-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, deb xabar qildi MAK matbuot xizmati.

Parvozlar seshanba va juma kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

HY-251: Toshkent 14:30 – Parij  17:40;

HY-252: Parij 19:10 – Toshkent 06:00.

Ikki tomonga aviachiptaning narxi 508,50 yevrodan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti imzolagan farmonga muvofiq 5 oktyabrdan Fransiya fuqarolari uchun 30 kungacha muddatga vizasiz rejim kuchga kirgandi.

Bu qaror O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida o‘zaro madaniy, ilmiy va ta’lim sohalaridagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!