O‘zbekistonda yana 4 hududda 250 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda yana 4 hududda 250 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi

2020 yil 4 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26804 (+254) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 218 nafari Toshkent shahrida (shundan 195 nafari tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 23 nafari esa  O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida), 31 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 181 nafar, Toshkent shahrida 174 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 88 nafari, Samarqand viloyatida 87 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Qashqadaryo viloyatida 18 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 2 nafar, jami 576 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib yurtimizda 17838 (+576) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatimizda 8803 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.  
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!