O‘zbekistonda o‘quvchilar formasida diniy elementlar nega taqiqlangani tushuntirildi

O‘zbekistonda o‘quvchilar formasida diniy elementlar nega taqiqlangani tushuntirildi

O‘zbekiston majburiy o‘rta ta’lim dunyoviy bo‘lgani bois, turli diniy konfessiya va subkulturalarga xos libos yo ularning elementlari formada bo‘lishi mumkin emas, deb xabar qilmoqda Telegrammdagi "O‘qituvchi" kanali.

Bunday libos yo elementlarga misol sifatida hijob, kipa (yahudiylar do‘ppisi), kashaya (buddaviylar bosh kiyimi), xoch (krest) kabilar sanab o‘tilgan.

O‘g‘il bolalarga soqol qo‘yish, pirsing va tatuirovkalar, sochni 3 santimetrdan ortiq o‘stirish va sochni yorqin ranglarga bo‘yatib olish taqiqlanadi.

Qizlarga esa pirsing va tatuirovkalar, sochni yorqin ranglarga bo‘yab olish, yorqin makiyaj, tirnoq o‘stirish, bittadan ortiq zirak taqish, uzuk taqish taqiqlanadi

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!