Ukraina uchun frontda vaziyat yomonlashgan

Ukraina uchun frontda vaziyat yomonlashgan

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy frontda vaziyat yomonlashgani, Rossiya butun front bo‘ylab faol hujumga o‘tayotgani va ayrim hududlarda taktik muvaffaqiyatlarga erishganini tan oldi.

Bu haqda general-polkovnik Telegramda yozgan.

«Frontdagi vaziyat yomonlashdi. Strategik tashabbusni qo‘lga olib, front chizig‘ini yorib o‘tishga uringan dushman kuch va vositalarda sezilarli ustunlik yaratdi, asosiy kuchuni bir necha yo‘nalishda jamladi. Faol hujumlar butun front chizig‘i bo‘ylab amalga oshirilmoqda, ba’zi yo‘nalishlarda taktik muvaffaqiyatlar bor», — dedi u.

Shu bilan birga, u Xarkov yo‘nalishida rus askarlari sonining ko‘payishi va qayta to‘planishi kuzatilganini ta’kidladi:

«Qo‘shinlarimiz eng xavfli yo‘nalishlarda artilleriya va tank bo‘linmalari bilan mustahkamlangan».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!