Kuvayt O‘zbekistonda olma yetishtirish plantasiyasi barpo etishni rejalashtirmoqda

Kuvayt O‘zbekistonda olma yetishtirish plantasiyasi barpo etishni rejalashtirmoqda

Kuvaytda bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov kecha Marafie Group holdingining AL-TIJARIA – The Commercial real estate co kompaniyasi rahbariyati hamda OAV vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Muloqot chog‘ida AL-TIJARIA – The Commercial real estate co kompaniyasi vakillari turli sohalarda amalga oshirilayotgan investisiyaviy loyihalarga sarmoyalar kiritishga tayyorligini bildirdi.

Xususan, O‘zbekistonning katta yer maydonida olma yetishtirish plantasiyasini barpo etish, yonida esa olma tabiiy sharbatlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurish va tayyor mahsulotlarni xorijiy davlatlarga, xususan Kuvaytga eksportini yo‘lga qo‘yish reja qilinayotgani ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlik aloqalarini kengaytirishga doir masalalar muhokama qilinib, Kuvayt tadbirkorlari Farg‘ona viloyatiga taklif etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!