Saudiya Arabistonidan keyin Blinken Isroil va Iordaniyaga tashrif buyuradi

Saudiya Arabistonidan keyin Blinken Isroil va Iordaniyaga tashrif buyuradi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Saudiya Arabistoniga tashrifi ortidan Isroil va Iordaniyaga tashrif buyuradi.

Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Miller jurnalistlarga ma’lum qildi.

Diplomatning ta’kidlashicha, Blinken mamlakatlarning rasmiy vakillari bilan uchrashuvlarda G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlarga e’tibor qaratadi.

Amerika diplomatiyasi rahbarining samolyoti yoqilg‘i quyish uchun Irlandiyaga qo‘ngan.

Blinken Saudiya Arabistoniga Falastin anklavida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sa’y-harakatlarga bag‘ishlangan uchrashuv uchun uchib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!