Surxondaryoda bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi topildi: u o‘ldirilgan va molxonaga ko‘milgan

Surxondaryoda bedarak yo‘qolgan erkakning jasadi topildi: u o‘ldirilgan va molxonaga ko‘milgan

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan erkakning jasadi topildi. Bungacha viloyat IIB Dahan mahallasida yashovchi 38 yoshli fuqaroning g‘oyib bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Fuqaro 16 aprel kuni uyidan chiqib ketgan va qaytib kelmagan. Uning qayerda ekanligi haqidagi ma’lumot uchun 10 million so‘m mukofot puli ham va’da berishgan.

Yo‘qolgan erkakning jasadi 26 aprel, juma kuni Nurli Manzil mahallasidagi uylardan birining molxonasidan topilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Ma’lum bo‘lishicha, u jabrlanuvchidan 40 million so‘m olib, qochib yurgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!