Saudiya Arabistonida Falastinni tan olish masalasi muhokama qilindi

Saudiya Arabistonida Falastinni tan olish masalasi muhokama qilindi

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida G‘azo aloqa guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligidagi diplomatik manbalar xabar bergan.

Yig‘ilish ishtirokchilari Falastin davlatini tan olish jarayonidagi umumiy sa’y-harakat, shuningdek Isroilga bosim o‘tkazish choralarini muhokama qildi. Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning 4 may kuni Banjul shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitida qabul qilinadigan qarorlar yuzasidan fikr almashdi.

Aloqa guruhi noyabr oyida IHT va Arab ligasi tomonidan Falastin anklavida o‘t ochishni to‘xtatishga erishish maqsadida tuzilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!