Haydovchilik guvohnomalarini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Haydovchilik guvohnomalarini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.O. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hech qanday imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro M.A. fuqaro E.M.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!