Xalqaro Jinoiy Sud yuqori martabali isroillik amaldorlarni hibsga olish uchun order bermoqchi

Xalqaro Jinoiy Sud yuqori martabali isroillik amaldorlarni hibsga olish uchun order bermoqchi

The New York Times'ga ko‘ra, Xalqaro Jinoiy Sud G‘azo sektoridagi harbiy bosqinlar tufayli yuqori martabali isroillik amaldorlarni hibsga olish uchun order berishni rejalashtirmoqda.

Gazeta bu haqda Isroil va boshqa davlat rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.

Ularning fikricha, bir qator yuqori martabali isroillik amaldorlarni, jumladan, mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish bo‘yicha order berilishi mumkin.

"Isroil rasmiylari G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazilishiga to‘sqinlik qilganlikda, shuningdek, HAMAS bilan urushda G‘azo aholisiga nisbatan o‘ta keskin va shafqatsiz harakat qilganlikda ayblanishi mumkin", deb yozadi nashr.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!