Nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari qachon nafaqaga chiqadi

Nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari qachon nafaqaga chiqadi

Nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari umumiy belgilangan pensiya yoshi (55 yosh)dan 5 yil oldin pensiyaga chiqish huquqiga ega

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasi 3-bandiga ko‘ra:

bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari ularni 8 yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda 5 yil oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega.

Ya’ni, bunday holatda ayollar umumiy belgilangan 55 yoshdan emas, boshqalarga qaraganda imtiyozliroq ya’ni, 50 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!