Tbilisidagi norozilik namoyishida Gruziya sobiq vaziri hibsga olindi

Tbilisidagi norozilik namoyishida Gruziya sobiq vaziri hibsga olindi

Gruziyaning Yevropa va Yevroatlantika tuzilmalariga integrasiyalashuv masalalari bo‘yicha sobiq vaziri Aleksey Petriashvili Tbilisida inoagentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi norozilik aksiyasida ishtirok etayotganda huquq-tartibot organi xodimlari tomonidan ma’muriy tartibda ushlandi, deb bayonot berdi mamlakat ichki ishlar vazirligi RIA Novostiga.

Gruziya ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, Petriashvili mayda bezorilik va huquq-tartibot organlariga bo‘yso‘nmaslik bandlari bo‘yicha qo‘lga olingan. Tbilisida bir necha kundan buyon inoagentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi qabul qilinishiga qarshi norozilik namoyishlari to‘xtamayapti. Ayni paytda parlament binosi qarshisiga namoyishchilarni to‘xtatish uchun qo‘shimcha polisiya bo‘limlari yetib kelgan. Maxsus xizmat bir necha bor namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi vositalar ishlatgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!