Samarqandda qo‘lbola usulda yasalgan isitish uskunalarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib, davlatga sal kam 700 mln so‘m zarar yetkazgan shaxs ushlandi

Samarqandda qo‘lbola usulda yasalgan isitish uskunalarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib, davlatga sal kam 700 mln so‘m zarar yetkazgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan IIB, “O‘zenergoinspeksiya” va GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Nayman” MFY hududidagi xonadonda yashovchi G‘.X. o‘ziga qarashli issiqxonaga hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida 20 dona qo‘lbola usulda yasalgan isitish uskunalarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib, jami 688,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, “Qozoq-Nayman” mahallasi hududidagi xonadonda yashovchi X.SH. o‘ziga tegishli issiqxonada qo‘lbola usulda yasalgan isitish uskunalarini o‘rnatib, 329,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Bo‘ston tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda “T-I.” MCHJ mas’ul shaxslari tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, MCHJga qarashli binoda nazorat muhri bo‘lmagan elektr hisoblagichni o‘rnatib, jami 105,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!