Valyuta intervensiyalari hajmi yana ochiqlanmadi – Bakirov

Valyuta intervensiyalari hajmi yana ochiqlanmadi – Bakirov

Markaziy bank Pul bozori va likvidlik sharhida 2024 yilning birinchi choragida sotib olingan qimmatbaho metallar qiymati 22,3 trln.so‘mni tashkil etganini ma’lum qildi. Lekin ichki valyuta bozoriga sof intervensiyalar hajmi yana aytilmadi. Bu haqda iqtisodchi-bloger Otabek Bakirov ma’lum qildi.

"Ushbu davrda intervensiyalar hajmining nisbatan yuqoriligi mavsumiy talab va muddati kelgan tashqi qarzning qaytarilishi bilan bog‘liq bo‘lib, kelgusi chorakda ushbu ko‘rsatkichning muvozanatlanishi kutilmoqda" deyilgan regulyator sharhida.

“Rostanam bunday holat, oxirgi yillarda, sotib olingan oltin hajmidan valyuta intervensiyalari keskin oshib ketgan choraklarda qayd etila boshlagan. Masalan, 2023 yilni birinchi choragi bo‘yicha ham shunday holat qayd etilgan (sharh umuman e’lon qilinmagan). Nima bo‘lgandayam, bu juda xunuk ishora. Yashirilgan har bir raqam shubha va gumonlarni oshirsa oshiradiki, kamaytirmaydi”, deydi Bakirov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!