"PSJ" bu mavsum kvadrupl amalga oshirishi mumkin

"PSJ" bu mavsum kvadrupl amalga oshirishi mumkin

"PSJ" bu mavsumda to‘rtta turnirda g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega.

Bugun Parij klubi muddatidan avval Fransiya chempioniga aylandi. Yil boshida jamoa “Tuluza”ni mag‘lub etib (2:0) Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritgandi.

Ayni damda Parijda birinchi mavsum ishlayotgan Luis Enrike jamoasi Chempionlar ligasi va Fransiya kubogini yutish imkoniyatini saqlab qolgan. "PSJ" Chempionlar ligasi yarim finalida Dortmundning "Borussiya"si bilan, kubok finalida esa "Lion" bilan uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha hech bir fransuz klubi kvadrupl qila olmagan. "PSJ" 2019/2020 yilgi mavsumda bu muvaffaqiyatga yaqinlashgandi, o‘shanda Tomas Tuxel boshchiligida Liga 1 chempioni bo‘ldi, Fransiya kubogi va Fransiya Liga kubogini qo‘lga kiritdi, ammo Chempionlar Ligasi finalida "Bavariya"ni mag‘lub eta olmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!