Ukraina urush sababli inson huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyadan vaqtincha chiqadi

Ukraina urush sababli inson huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyadan vaqtincha chiqadi

Kiyev Yevropa Kengashiga harbiy holat sababli mamlakatda hujjatning ayrim bandlarini qisman to‘xtatib turish bo‘yicha ariza topshirdi.

Urush paytida Ukraina Konvensiyaning quyidagi qoidalaridan voz kechishni rejalashtirmoqda: uy-joy daxlsizligi; yozishmalar, telefon suhbatlari va boshqa yozishmalarning maxfiyligi; shaxsiy va oilaviy hayotga aralashmaslik; harakatlanish erkinligi va yashash joyini erkin tanlash; fikr va so‘z erkinligi huquqi; fikr va e’tiqodni erkin ifoda etish huquqi; axborot to‘plash, saqlash va tarqatish huquqi; yig‘ilishlar, mitinglar va ish tashlashlar o‘tkazish huquqi; o‘z mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi.

Rossiya bosqini boshlanganligi tufayli Ukrainada harbiy holat joriy qilingan va umumiy safarbarlik e’lon qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!