Zelenskiy: Joriy yilda va keyingi o‘n yilda qo‘llab-quvvatlashning aniq darajasini belgilab olish ustida ishlamoqdamiz. Bular ham quroldan, ham moliyaviy, ham siyosiy yordamdan iborat

Zelenskiy: Joriy yilda va keyingi o‘n yilda qo‘llab-quvvatlashning aniq darajasini belgilab olish ustida ishlamoqdamiz. Bular ham quroldan, ham moliyaviy, ham siyosiy yordamdan iborat

AQSh va Ukraina keyingi o‘n yil davomida Kiyevni harbiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muzokara olib bormoqda, deb bayonot berdi Vladimir Zelenskiy o‘zining telemurojaatida.

Ta’kidlanishicha, muzokaralar xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama bitim ustida olib borilayotgan ishlar doirasida o‘tkazilmoqda. Kiyev ushbu bitimni boshqa davlatlar bilan erishilgan shu kabi bitimlar orasida eng kuchlisi sifatida ko‘rmoqda.

- Joriy yilda va keyingi o‘n yilda qo‘llab-quvvatlashning aniq darajasini belgilab olish ustida ishlamoqdamiz. Bular ham quroldan, ham moliyaviy, ham siyosiy yordamdan iborat, shuningdek, birgalikda qurol ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar davom etyapti, —dedi Zelenskiy.

Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak ham Birlashgan Qirollik Ukrainaga so‘nggi o‘n yil davomida hozirgi darajadagidek harbiy yordam ko‘rsatishda davom etadi, deb bayonot bergan edi.

Yanvar oyida Britaniya bosh vaziri Kiyevga tashrifi chog‘ida 2024 yilda Ukrainaga 2,5 milliard funt sterling miqdorida yordam to‘plamini ajratgani haqida e’lon qilgandi. O‘shanda u Zelenskiy bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha bitim imzolagan. Hujjat 10 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, Buyuk Britaniya ushbu davr mobaynida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash majburiyatini olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!