“Surxon” davlat qo‘riqxonasi xodimlari sa’y-harakatlari bilan onasidan ajralib qolgan morxo‘r bolasining hayoti saqlab qolindi

“Surxon” davlat qo‘riqxonasi xodimlari sa’y-harakatlari bilan  onasidan ajralib qolgan morxo‘r bolasining hayoti saqlab qolindi

Kuni kecha Ko‘hitang tog‘ tizmalarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida tug‘ilganiga taxminan ikki uch kun bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga kiritilgan Morxo‘r bolasi onasidan ajralib qoladi.

“Surxon” davlat qo‘riqxonasi “Qizilolma” bo‘limida nazorat ishlarini olib borayotgan Abdulaliyev Tog‘aymurod morxo‘r bolasini soyda nochor ahvolda ko‘rib qolib, birinchi yordamni ko‘rsatadi. Morxo‘r bolasini hayotini saqlab qoladi.

Ushbu morxo‘r bolasi bugun veterinar ko‘rigidan o‘tkazilib, sog‘lom holatda, barcha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnigiga parvarish qilish uchun topshirildi.

Bu haqida Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!