1 maydan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

1 maydan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

2024 yil 1 maydan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgartirishlar sharhi taqdim etildi.

Elektr va gaz bo‘yicha yangi me’yorlar

Aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari tasdiqlanmoqda.

Favqulodda hodisilar uchun volontyorlik guruhlari tashkil etilmoqda

Har bir hududda kuchli zilzilada aholini qutqarish ishlariga jalb etish uchun volontyorlik guruhlari shakllantiriladi.

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bor shaxslarga oylik moddiy yordam to‘lanadi.

Reestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensasiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qo‘shimcha pul to‘lovlari o‘rniga yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oyda minimal iste’mol xarajatlari miqdorida moddiy yordam to‘lanadi.

Ijro etuvchi hokimiyatning hududiy bo‘linmalari elektron hujjat aylanish tizimiga o‘tishadi

“Raqamli hukumat” tizimi doirasida ijro etuvchi hokimiyatning hududiy bo‘linmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar to‘liq elektron hujjat aylanish tizimiga o‘tkaziladi.

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida eksperiment amalga oshiriladi

Eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish jarayoniga tadbirkorlik sub’ektlarini autsorsing asosida jalb etiladi.

Daryo bo‘ylaridan qum-shag‘al materiallarini qazib olish uchun ruxsatnoma - faqat «E-auksion» platformasi orqali beriladi

Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladi.

Daryo bo‘ylari, sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqini faqat «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali realizasiya qilinadi.

Daryo bo‘ylari, sohil bo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shag‘al materiallarini qazib olishni taqiqlash va tog‘li yoki tog‘oldi hududlarda (quruqlikda) joylashgan muqobil kon uchastkalarida qazish ishlarini tashkil etish taqiqlanadi.

Ijro hujjatlari – onlayn tarzda beriladi

Sud hujjatlari asosida ijro hujjatlari elektron shaklda beriladi.

Shuningdek, fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanmoqda (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmi).

17 turdagi xulosalarni berish – davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi

Xulosalarni berish davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali amalga oshiriladi. Xulosalar qatorida quyidagilar bor:

  • magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini
    qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashda sanoat xavfsizligi
    talablariga muvofiqligi to‘g‘risida;
  • bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga
    muvofiqligi to‘g‘risida;
  • dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish bo‘yicha va boshqalar.

Fermerlarga JSHDSni qaytarish bo‘yicha eksperiment yakunlanmoqda

2023 yil 1 apreldan 2024 yil 1 mayga qadar eksperiment tariqasida paxta va (yoki) g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan JSHDSni qaytarib berish tartibi joriy etilgan.

Auksion orqali sanitariya-gigiyena shoxobchalarini o‘rnatish huquqiga ega bo‘lish mumkin

Tadbirkorlik sub’ektlariga jamoat joylari, ijtimoiy ob’ektlar va aholi punktlarining belgilangan joylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish huquqi beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!