"Barselona" himoyachisiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda

"Barselona" himoyachisiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda

Xavi "Barselona"da qolishini e’lon qilganidan keyin jamoani ayrim katta nomlar tark etishi mumkin va ular orasida Ronald Arauxo ham bor. 2018 yildan beri kataloniyaliklar safida to‘p tepib kelayotgan himoyachiga qiziqish bildirayotgan klublar yetarlicha.

Insayder Matteo Moretto xabar berishicha, "Manchester Yunayted" urugvaylik futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda. Bu transfer arzonga tushmasligini "qizil iblislar" yaxshi biladi. Shu bilan birga, "Bavariya" ham uzoq vaqtdan beri Arauxoni kuzatib kelyapti. Myunxen klubi yozda katta taklif bilan chiqishi ham mumkin.

Ammo "Barselona" Ronaldni aniq sotuvga qo‘ygani yo‘q. Sababi, klub o‘z yulduzlarini olib qolishni istaydi, lekin moliyaviy holat bunga yo‘l qo‘ymayapti. Ispaniya grandi o‘z mavqeyini qaytarish uchun harakatda. Shunday ekan bu yozda Laporta kamida bitta katta transferni amalga oshirmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!