O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar uchun nechta shifoxona ishlamoqda?

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar uchun nechta shifoxona ishlamoqda?

AOKA zalidagi matbuot anjumanida Habibullo Oqilov O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat, koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichining o‘sib borishi, statistik raqamlar haqidagi savollarga javob qaytardi.

«Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘lim holatlarini kamaytirib ko‘rsatayotgani yo‘q.  Bizga bundan hech qanday naf yo‘q. Biroq vafot etayotganlar orasida koronavirus infeksiyasiga test topshirgan va tahlil javoblari orqali tasdiqlanmagan holatlar bo‘lishi mumkin. Qo‘limizda bemorda koronavirus tashxisi tasdiqlangan fakt bo‘lmasa, uni koronavirusdan vafot etdi, deya olmaymiz.

O‘zbekistonda 16 ta shifoxona koronavirusga chalingan fuqarolarni davolash uchun ishlamoqda. Zangiotadagi maxsus klinika esa ochilganiga bir hafta bo‘lmasdan bemorlarga to‘lib bo‘ldi», dedi u.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!