O‘zbekiston Turkiyadan koronavirusni tez aniqlaydigan vosita sotib oldi

O‘zbekiston Turkiyadan koronavirusni tez aniqlaydigan vosita sotib oldi

O‘zbekiston Turkiyadan koronavirusni 2 soat ichida aniqlaydigan test sotib oldi. Bu haqida Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kodjaga asoslanib  Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Turkiyada ishlab chiqilgan vosita koronavirusni 2 soat ichida 99,6 % ishonchlilik bilan aniqlaydi. Ushbu tashhis vositasi JST standartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ana shunday vositalardan 10 ming donadan buyurtma berishgan. Tibbiy vositalarni yetkazib berish yaqin orada boshlanadi.

Buyurtma qiymati haqida hech narsa deyilmagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!