O‘zbekiston obligasiyalarini rublda ham chiqarish taklif etildi

O‘zbekiston obligasiyalarini rublda ham chiqarish taklif etildi

MDXMI bitiruvchilarining V forumi ishtirokchisi Gazprombank ning birinchi vise-prezidenti Denis Shulakov O‘zbekiston obligasiyalarini rublda chiqarishni taklif qildi.

Shulakovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pi yoshlar ekanligi investorlarni qiziqtirmoqda.

So‘nggi vaqtlarda Ӯzbekiston importi ichki holatni to‘liq modernizasiya qilishga yo‘naltirilgan. Bu to‘g‘ri yo‘nalishli tadbir , dedi u.

Gazprombank vise-prezidentini shuningdek Toshkentni Markaziy Osiyoning moliyaviy markazi sifatida e’tirof etdi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonning ilk xalqaro obligasiyalari London fond birjasida yuqori baholangan. 1 milliard AQSh dollarlik obligasiyalarga yakuniy 3,8 milliard AQSh dollarlik talab bo‘lgan.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!