O‘zbekiston MDH bilan birgalikda havo mudofaa tizimini rivojlantiradi

O‘zbekiston MDH bilan birgalikda havo mudofaa tizimini rivojlantiradi

Bugun Minskda O‘zbekiston va MDHning olti mamlakati hamda KXSHT vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda MDH mamlakatlari havo-himoyasi tizimini rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqiladi, deb habar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

“14 avgust kuni Minskda bo‘lib o‘tadigan MDH Havo himoyasi masalalari bo‘yicha koordinasiya kengashining 49-majlisida MDH havo-himoyasi tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari masalasi ko‘rib chiqiladi”, - deyilgan xabarda.

Qo‘mita majlisida Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston harbiylari, KXSHT vakillari,  Rossiya harbiy sanoati vakillari, MDH rahbariyati uchrashib harbiy havo mudofaasi sohasidagi muammolarni muhokama qilishadi.

Shuningdek, majlisda 2019 yilda MDH havo mudofaa kuchlarining tezkorligi va jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan, birgalikda o‘tkazish rejalashtirilayotgan tadbirlarning tashkiliy masalalari, havo himoyasini rivojlantirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!