O‘zbek-qirg‘iz investisiya jamg‘armasi tuziladi. Ustav kapitali — 50 million dollar

O‘zbek-qirg‘iz investisiya jamg‘armasi tuziladi. Ustav kapitali — 50 million dollar

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ustav kapitali 50 million dollar bo‘lgan o‘zbek-qirg‘iz investisiya jamg‘armasini tuzishga kelishib oldilar.

Farmon 8 dekabr kuni Farg‘onada O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Qirg‘iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Artyom Novikov tomonidan imzolandi.

Tomonlar, shuningdek, bojxona sohasida hamkorlikni rivojlantirish uchun hukumatlararo ishchi guruhini tuzishga qaror qilishdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi qabul qilindi.

8 dekabr kuni Farg‘onada Namangan, Andijon, Farg‘ona, O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlari hokimlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Sardor Umurzoqov Artyom Novikov bilan muzokaralar o‘tkazdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!