UzAuto Motors’ga savol: Avtomagnitolasiz «Cobalt»ni texnik soz deb atash mumkinmi?

UzAuto Motors’ga savol: Avtomagnitolasiz «Cobalt»ni texnik soz deb atash mumkinmi?

"Xalq ovozi" telegram kanali UzAuto Motors'ga avtomagnitolasiz ishlab chiqarilishi aytilgan «Cobalt» masalasi bo‘yicha murojaat yo‘lladi.

"Gap shundaki, «Cobalt»ning magnitolasi shunchaki magnitola emas, u muhim axborotlar beruvchi va almashinuvchi qurilma ham. Masalan, soat, tashqaridagi havo harorati avtomagnitola monitorida aks etadi. Eng hayratlanarlisi, mashinalarning avariyaviy va burilish chiroqlari ishlatilganda, uning ovozi salonga magnitola orqali ovoz karnaylariga uzatiladi.

Yana bir muhim jihati — avtomobil pulti orqali boshqariladigan ko‘plab sozlamalar ham aynan mashinaning avtomagnitolasi orqali menyuga kirib o‘zgartiriladi. Mana shunaqa alomat mashina «Cobalt».

Qo‘pol qilib aytganda, UzAuto Motors «Cobalt»ni juda «miyasiz» bo‘lmasa ham, «orqa miyasiz» ishlab chiqarishga jazm etmoqda. Ilojsiz o‘zbek xaridori olaveradi. Qayoqqa ham borardi?! Monopoliya deganlari mana shunaqa beshafqat bo‘ladi", deb yozadi kanal.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!